Vavilov — Cherenkov effekti

Radiyning γ-nurlari tasirida uran tuzlari eritmasining yorug’lanishini o’rganayotib, fizik olim P. A. Cherenkov tarkibida uran tuzlari bo’lmagan suvning o’zi ham yorug’lanayotganiga etibor qildi. γ-nurlar (Gamma-nurlanish) toza suyuqliklar orqali o’tganda ularning hammasi yorug’lana boshlar ekan. P. A. Cherenkovning rahbari S. I. Vavilov, bu yorug’lanish radiyning γ-kvantlari atomlardan o’rib chiqarayotgan elektronlarning harakati bilan bog’liq, degan gipotezani aytdi. Haqiqatan, yorug’lanish suyuqlikdagi magnit maydoni yo’nalishiga juda kuchli bog’liq edi (buning sababi—elektronlarning harakatidir, degan fikr kelib chiqadi).

Uzunlik

Avvalo shuni tushunib olish kerakki, o’z-o’zicha hech qanday uzunlik degan narsa yo’q. Uzunlik tushunchasini uzunlik etaloni va o’lchash retsepti yordamida ta’riflanadi. Tanlangan etalonni o’lchanayotgan buyumga qo’yamiz va uning buyumda ketma-ket necha marta yotishini aniqlaymiz.

Termodinamika

Termodinamika so’zi ikkita yunon so’zidan tashkil topgan: «terme» – «issiqlik» va «dinamik» – «kuch». Termodinamika issiqlik mashinalari: bug’ qozonlari, ichki yonuv dvigatellari va b. da yuz beruvchi protsesslar haqidagi, ya’ni issiqlikning mexanik harakatga, ishga aylanishi haqidagi fan sifatida vujudga keldi. Hozirgacha uning bo’limlaridan biri shu masalalarni (faqat u reaktiv dvigatellar nazariyasini ham, yadro reaktorlarini va b. ko’plab narsalarni ham) o’rganadi.

Sanoq sistemasi

Tabiatdagi har qanday protsessni tavsiflash uchun eng avval sanoq sistemasiga ega bo’lish zarur. Sanoq sistemasi koordinatalar sistemasi va u bilan bog’langan soatdan iboratdir. Koordinatalar sistemasi unda qo’zg’almas bo’lgan uzunlik etaloni yordamida belgilanadi. Sanoq sistemasi bilan bog’liq bo’lgan soat-mazkur koordinatalar sistemasida qo’zg’almas bo’lgan vaqt etalondir.

Rentgen nurlari

O’tgan asr oxirida Germaniyadagi Vyursburg universiteti professori V. Rentgen gazlarda elektr razryadi ustida tajribalar o’tkazdi. U ikki kavsharlangan elektrodga ega bo’lgan, atmosfera bosimiga nisbatan  ~10-5 bosimgacha havosi so’rilgan shisha trubkani ishlatdi. Elektrodlarga yuqori kuchlanish berilganida anod (musbat elektrod) atrofidagi shisha sarg’ish-yashil yorug’lik bilan yorug’lana boshlagan. Bu yorug’lanishni fiziklar katod nurlari deyiladigan nurlar ta’siri oqibati, deb tushuntirgan. Ularni katod nurlantiradi hamda u anodga va qisman trubka devoriga tushadi. Keyinroq bu nurlar manfiy zaryadlangan zarralar elektronlar oqimi ekanligi isbotlandi.

yosh-fizik. uz