Vavilov — Cherenkov effekti

Radiyning γ-nurlari tasirida uran tuzlari eritmasining yorug’lanishini o’rganayotib, fizik olim P. A. Cherenkov tarkibida uran tuzlari bo’lmagan suvning o’zi ham yorug’lanayotganiga etibor qildi. γ-nurlar (Gamma-nurlanish) toza suyuqliklar orqali o’tganda ularning hammasi yorug’lana boshlar ekan. P. A. Cherenkovning rahbari S. I. Vavilov, bu yorug’lanish radiyning γ-kvantlari atomlardan o’rib chiqarayotgan elektronlarning harakati bilan bog’liq, degan gipotezani aytdi. Haqiqatan, yorug’lanish suyuqlikdagi magnit maydoni yo’nalishiga juda kuchli bog’liq edi (buning sababi—elektronlarning harakatidir, degan fikr kelib chiqadi).

yosh-fizik. uz