Foton

Foton – elektromagnit maydon kvanti; tinch holatdagi massasi nolga va spini l ga teng bo’lgan elementar zarra. Foton – barcha elementar zarralar ichida eng keng tarqalgani. U ko’rinuvchi yorug’lik oqimida ham, rentgen nurlanishda ham, radioto’lqinlar ko’rinishida ham, lazer impulslarida ham uchraydi. 1964 yilda amerikalik radioastronomlar A. Penzias va R. Vilson olam fazosi millimetrli radioto’lqinlar bilan to’lganligini aniqladilar; ularni 2,7 K temperaturadagi sovuq foton gaz sifatida qarash mumkin.

Fotometriya

Biz yorug’ osmon to’g’risida, quyoshning yorug’lik oqimi to’g’risida, xonamizning yoritilganligi va chuvlanma lampalarning yorug’lik kuchi to’g’risida gapirar ekanmiz, ba’zan, bu tushunchalarning barchasi optikaniig fotometriya deb ataladigan bo’limida qatiy ta’riflanganini bilmaymiz ham. Bu bo’lim yorug’lik nurlanishini ko’z bilan sezishga asoslanib o’lchashga, kengroq ma’noda esa – optik diapazondagi elektromagnit nurlanishlar bilan ko’chiriladigan energiyani o’lchashga bag’ishlangan.

Fotoeffekt

Ikki xil fotoelektr effekt: tashqi va ichki fotoeffekt mavjud. Tashqi fotoeffekt elektromagnit nurlanish tushayotgan modda sirtidan elektronlar chiqadi. Odatda, fotoeffektni hosil qiluvchi nurlanishning to’lqin uzunligi optik diapazonida yotadi. Ichki fotoeffekt qattiq jismlar eletkromagnit nurlanishni yutayotganida, atom eletronlarining shu jismdagi holatlariga qarab, ularning qayta taqsimlanishiga bog’liq.

Fonon

Moddadagi atomlar tebranishlari to’lqinini, uyg’otishga mos kvazizarra shunday deb ataladi. Har bir to’lqin tebranish amplitudasi va tegishli energiyu bilan xarakterlanali. Uning energiyasi klassik fizikada istalgan qiymatga ega bo’lishi mumkin. Biroq kvant mexanikada energiya diskret qiymatlar oladi

Fluktuatsiyalar

Birorta fizik kattalikning uncha tartibli bo’lmagan tartibsiz o’zgarishlariga fluktuatsiyalar deyiladi. Masalan, marsh qilayotgan soldatlar kolonnasining uzunligi shunday o’zgaradi; agar biz kolonna yuz metrga cho’zilgan desak, bu uning o’rtacha uzunligi ekanligini hamda vaqtning turli paytlarida u bir necha metrga uzun yoki qisqa bo’lishi mumkinligini yaxshi bilamiz.

yosh-fizik. uz