Inertsiya momenti

Figurachilarning muz maydonida chiqishlarini jozibali tugallashlarini hayratlanish va zavq bilan kuzatmagan biron kimsa bormikan? Ular bitta konkilarini aylanish markaziga qo’yib, qo’llarini keng yoyganlaricha ikkinchi konkilari bilan itarilib, anchagina katta burchak tezlikda aylanishga erishadilar va keyin tezgina qo’llarini tanalariga yopishtirib oladilar. Shundan so’ng ular ning aylanish burchak tezligi keskin ortadi.

Infraqizil nurlanish

Agar quyosh yorug’lik nurini optik shishadan qilingan prizma, tosh tuz yoki boshqa shaffof material orqali o’tkazilsa, ekranda rangli yo’l-spektr paydo bo’ladi. Spetkrning ko’k va qizil chegaralariga yaqinlashganda undagi energiya kamayadi. Lekin spektrning hatto qorong’i qismida ham ekranga nur energiyasi tushadi.

Hisoblash fizikasi

Hisoblash fizikasi fizikaning boshqa bo’limlari - atom fizikasi, geofizika, plazma fizikasi, tutash muhitlar mexanikasi, astrofizika o’rganadigan ob’ekt va hodisalarni o’rganadi. Biroq bu tekshirishlar olib boriladigan usul bir oz boshqachadir. U elektron hisoblash mashinalaridan foydalanib, fizik hodisalarni modellashtirishdan iboratdir.

Zarba to’lqini

Jism muhitda tovushdan ham tez harakatlanganda zarba to’lqini deb ataladigan to’lqin vujudga keladi. U masalan, tovushdan ham tez uchadigan samolyotlarning uchishida, portlashlarda, qudratli elektr razryadlarida vujudga keladi. 

Yadro fizikasi

Zamonaviy fizika tarixida shunday yil borki, unga «mo’jizalar yili» deyiladi. Bu ─ 1932 yil. Bu yildagi mo’jizalardan biri neytronning kashf etilishi va atom yadrosining neytron-proton modelining yaratilishi bo’ldi. Natijada atom fizikasidan mustaqil, avj olib rivojlanayotgan yo’nalish – yadro fizikasi ajralib chiqdi.

yosh-fizik. uz