Sanoq sistemasi
Tabiatdagi har qanday protsessni tavsiflash uchun eng avval sanoq sistemasiga ega bo’lish zarur. Sanoq sistemasi koordinatalar sistemasi va u bilan bog’langan soatdan iboratdir. Koordinatalar sistemasi unda qo’zg’almas bo’lgan uzunlik etaloni yordamida belgilanadi. Sanoq sistemasi bilan bog’liq bo’lgan soat-mazkur koordinatalar sistemasida qo’zg’almas bo’lgan vaqt etalondir.
Sanoq sistemalari orasida inersial sistemalar mavjud bo’ladi. Bu sistemalarda mavjud bo’ladi. Bu sistemalarda tashqi kuch ta’sir qilmaydigan jismlar o’zgarmas tezlik bilan harakat qiladi (xususiy holda tinch turadi). Agar bir inersial sistema topilsa, unga nisbatan tekis va to’g’ri chiiqli harakatlanayotgan har qanday boshqa sistema ham inersial bo’lishi aniq. Bunday sistemalar soni cheksiz. quyidagni oson isbotlsh mumkin: Agar 2-sistemaning l-sistemaga nisbatan tezligi ( ya’ni l-sistema asboblari o’lchagan tezlik) ν bo’lsa, u holda l-sistemaning 2-sistemaga nisbatan tezligi (ya’ni 2-sistema asboblari o’lchagan tezlik) ν bo’ladi. Bu natija klassik mexanikada ham adolatlidir.
Ammo inersial sanoq sistemasi tushunchasi ustida astoydil o’ylansa, ko’p savollar kelib chiqadi. Masalan, ko’p sistema ta’rifi mantiqan ochiqdan-ochiq qoniqarli emas. Haqiqatan, biz inersial sistemada kuchlar ta’sir qilmayotgan jism tekis va to’g’ri chiziqli harakat qiladi, deymiz. Lekin jismga kuchlar ta’sir qilmayotgani qaerdan ma’lum? Afsuski, quyidagidan yaxshiroq javob yo’q: agar jism inersial sistemada tinch tursa yoki tekis va to’g’ri chiziqli harakat qilsa, unga kuchlar ta’sir qilmaydi. Bu yerda biz mantiqda ma’lum bo’lgan «chalkash davra» holatiga duch kelganimiz ravshan. Mantiqqa qo’l siltab, juda ham ishontirarli bo’lmagan intuitsiya yordamiga murojaat qilamiz. Tinch turgan jismga ta’sir qiluvchi kuchlar yig’indisining nolga teng bo’lishi aniq emasmi!
Boshqa yo’l shundaki, inersial sanoq sistemasi etalonini tanlashda uni mantiqan qat’iy ta’riflashdan voz kechiladi. Lekin bu holda aniqroq tajribalar mazkur sistemanig noinersialligini oshkor qilmasligi hech qanday ishonch yo’q.
Masalan, G.Galiley yer bilan qattiq bog’langan sanoq sistemasini inersial, deb hisoblagan. Keyinroq Fuko tajribasi «Yer» sanoq sisemasi noinersial ekanligini ko’rsatdi.
I.Nyuton qandaydir yuqoridan berilgan absolyut sanoq sistemasi bor, deb faraz qilgan. Xususan, uni «efir» bilan, go’yo butun fazoni to’ldirgan haqiqiy substansiya bilan bog’lagan edilar. A.Eynshteyn ishlaridan keyin absolyut sanoq sistemasining umuman mavjud bo’lmasligi aniq bo’ldi.
Sistema etaloni sifatid «qo’zg’almas yulduzlar» bilan bog’liq bo’lgan sistema tanlandi. Lekin keyin yuluzlarning ham bir-biriga nisbatan siljishi aniqlandi.
«Bizning Galaktika aylanadi» deyilganda qaysi sistemada u aylanishini aniq ko’rsatish zarur. Sanoq sistemasisiz umuman harakat va xususan, aylanish to’g’risidagi so’zlarning hech qanday ma’nosi yo’q.
Demak, sanoq sistemasi etaloni to’g’risida gapirganda, u bilan bog’langan haqiqiy fizik ob’ektlarni ko’rsatish zarur. Hozir inersial sanoq sistemasi etaloni sifatida relikt nurlanish (Kosmologiya) izotrop bo’lgan sanoq sistemasi qabul qilingan. Ammo, kelajakda inersial sanoq sistemasining boshqa etalonlari paydo bo’lish-bo’lmasligi noma’lum.