Infraqizil nurlanish

Agar quyosh yorug’lik nurini optik shishadan qilingan prizma, tosh tuz yoki boshqa shaffof material orqali o’tkazilsa, ekranda rangli yo’l-spektr paydo bo’ladi. Spetkrning ko’k va qizil chegaralariga yaqinlashganda undagi energiya kamayadi. Lekin spektrning hatto qorong’i qismida ham ekranga nur energiyasi tushadi.

Hisoblash fizikasi

Hisoblash fizikasi fizikaning boshqa bo’limlari - atom fizikasi, geofizika, plazma fizikasi, tutash muhitlar mexanikasi, astrofizika o’rganadigan ob’ekt va hodisalarni o’rganadi. Biroq bu tekshirishlar olib boriladigan usul bir oz boshqachadir. U elektron hisoblash mashinalaridan foydalanib, fizik hodisalarni modellashtirishdan iboratdir.

Zarba to’lqini

Jism muhitda tovushdan ham tez harakatlanganda zarba to’lqini deb ataladigan to’lqin vujudga keladi. U masalan, tovushdan ham tez uchadigan samolyotlarning uchishida, portlashlarda, qudratli elektr razryadlarida vujudga keladi. 

Yadro fizikasi

Zamonaviy fizika tarixida shunday yil borki, unga «mo’jizalar yili» deyiladi. Bu ─ 1932 yil. Bu yildagi mo’jizalardan biri neytronning kashf etilishi va atom yadrosining neytron-proton modelining yaratilishi bo’ldi. Natijada atom fizikasidan mustaqil, avj olib rivojlanayotgan yo’nalish – yadro fizikasi ajralib chiqdi.

Xristian Gyuygens

Nilerland fizigi, mexanigi va matematigi Xristian Gyuygens Gaagada tug’ilgan. Leyden va Bred universitetlarida o’qib, xuquqshunoslik fan­lari va matematikani o’rgandi. 22 yoshida aylana, ellips va giperbola yoylari uzunligini o’lchashga oid birinchi ilmiy ishini e’lon qildi. Tez orada Gyuygens fizik muammolarga qiziqib qoldi. U R.Guk bilan birgalikda termometrning doimiy nuqtalarini - muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqladi.

yosh-fizik. uz