Xristian Gyuygens
Nilerland fizigi, mexanigi va matematigi Xristian Gyuygens Gaagada tug’ilgan. Leyden va Bred universitetlarida o’qib, xuquqshunoslik fanlari va matematikani o’rgandi. 22 yoshida aylana, ellips va giperbola yoylari uzunligini o’lchashga oid birinchi ilmiy ishini e’lon qildi. Tez orada Gyuygens fizik muammolarga qiziqib qoldi. U R.Guk bilan birgalikda termometrning doimiy nuqtalarini - muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqladi. Shu yillardayoq u astronomik trubalar ob’ektivlarining yorug’lik kuchini oshirib ularni takomillashtirish ustida ishladi. Ular yordamida Gyuygens 1655 yilda Saturn yo’ldoshlaridan biri Titanni kashf etdi va uning aylanish davrini hisobladi, Saturnda hozirda hammaga ma’lum bo’lgan halqalar borligini aniqladi.
O’zining “Mayatnikli soatlar” (1658) asarida u mayatnikning harakati bilan bog’liq bo’lgan qator muammolarni tadqiq qildi.
Gyugens matematika, mexanika va astronomiyaga oid asarlari unga katta shuhrat keltirdi. U 1663 yilda London Qirollik jamiyatining (Angliya fanlar Akademiyasi) birinchi horijiy a’zosi bo’ldi. 1665 yilda Fransuz Fanlar akademiyasi tashkil qilinayotganda Gyuygens Parijga akademiya raisligiga taklif qilindi. Fransiyada u 16 yil yashadi.
Gyugens vataniga qaytganidan so’ng 1681 yilda optika bilan shug’ullandi. U yaratgan okulyardan hozirgacha foydalanilmoqda. O’zining optika sohasidagi ishlarini Gyuygens Yorug’lik haqida traktat» (1690) asarida jamladi. Bu asarda u birinchi parta yorug’likning to’lqin nazariyasini bayon qildi. Traktatning bo blaridan birida island shpati kristallida ochilgan ikkilanma nur sinish hodisasini tushuntirib berdi. Optik bir o’qli kristallardagi klassik sinish nazariyasi hozirda ham bayon qilinadi.
“Yorug’lik haqidagi traktat”ga “Og’irlik sabablari” degan ilova qo’shilgan edi. Bunda olim butun olam tortishish qonunini ochishga yaqin kelgan edi.
Gyuygensning ko’pchilik muhim ishlari avtor vafotidan keyingina bosilib chiqdi. Shular jumlasiga, masalan, «Jismlarning zarba ta’sirdagi harakatlari haqida », «Dioptrika» va boshqalar kiradi.