Xristian Gyuygens
Nilerland fizigi, mexanigi va matematigi Xristian Gyuygens Gaagada tug’ilgan. Leyden va Bred universitetlarida o’qib, xuquqshunoslik fanlari va matematikani o’rgandi. 22 yoshida aylana, ellips va giperbola yoylari uzunligini o’lchashga oid birinchi ilmiy ishini e’lon qildi. Tez orada Gyuygens fizik muammolarga qiziqib qoldi. U R.Guk bilan birgalikda termometrning doimiy nuqtalarini - muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqladi.