Dipol

Normal holatda atomlar va molekulalarda musbat va manfiy zaryadlar yig’indisi nolga teng. Bunday ob’ektlar elektr jihatidan neytral deb ataladi va ular tabiatda anchagina. Biroq atom ham, molekula ham umuman har qanday jism ham elektr zaryadlariga egadir; ana shu zaryadlar elektr maydonini hosil qiladi. Ma’lum bir masofada joylashgan turli ishorali ikki zaryaddan tashkil topgan sodda neytral sistema zlektr dipol deb ataladi va r=gl vektordipol momenti bilan xarakterlanadi (rasmga q.). Vektor manfiy zaryaddan musbat zaryadga qarab yo’nalgan.

Difrakatsiya

Agar yorug’lik nuri yo’liga ekran qo’yilsa, uning orqasida soya sohasi paydo bo’ladi. Tovushning yo’lini to’sish esa unchalik oson emas, uni devor orqasida turib ham eshitish mumkin, to’lqinning geometrik soya sohasiga kirib borishi difraksiya deyiladi. To’lqin uzunligi to’siqning o’lchamlari bilan taqqoslanarli bo’lganida difraksiya namoyon bo’ladi. Tovush to’lqinlarining uzunligi metrlar tartibida bo’ladi, shuning uchun to’siq chekkalaridan oson aylanib o’ta oladi. Suvning sirtida ham to’lqinlar difraksiyasini xuddi shu tarzda kuzatish mumkin. to’lqin uzunligi mikrometrning ulushlari tartibida bo’lgan yorug’lik difraksiyasini esa oddiy sharoitlarda kuzatish oson emas. Uzoq vaqt mobaynida yorug’lik nurlari hamma vaqt to’g’ri chiziqli tarqaladi, deb kelingan.

Diffuziya

Diffuziya-turli xil atomlar yoki molekulalar bir jinsli bo’lmagan konsentratsiyasining o’z-o’zidan baravarlashishi. Agar idishga turli gazlar porsiyalarini kiritsak, birmuncha vaqt o’taganda so’ng barcha gazlar bir tekis aralashadi: idishning hajmi birligida har bir xil molekulalar soni o’zgarmay qoladi, konsentratsiya barvarlashadi.

Dielektrik

Agar ingichka ipga zaryadlanmagan shisha yoki qahrabo tayoqchani osib, uni musbat zaryadlangan sfera bilan yonma-yon joylashtirilsa, tayoqchaning o’qi elektr maydoni kuch chiziqlari yo’nalishida turib qoladi. Tayoqchaning sharga yaqin uchida shardagi zaryadga qarama-qarshi manfiy zaryad, boshqa uchida esa musbat zaryad paydo bo’ladi. Tayoqchaning uchlari go’yo elektr qutblari bo’lib qoladi. Shuning uchun bu hodisa qutblanish deb nom olgan. Har qanday jismda zaryadlarning bir qismi elektr maydoni ta’sirida erkin harakatlanib, elektr toki hosil qiladi, bog’langan zaryadlar esa qutblanadi. 

yosh-fizik. uz