Dipol
Normal holatda atomlar va molekulalarda musbat va manfiy zaryadlar yig’indisi nolga teng. Bunday ob’ektlar elektr jihatidan neytral deb ataladi va ular tabiatda anchagina. Biroq atom ham, molekula ham umuman har qanday jism ham elektr zaryadlariga egadir; ana shu zaryadlar elektr maydonini hosil qiladi. Ma’lum bir masofada joylashgan turli ishorali ikki zaryaddan tashkil topgan sodda neytral sistema zlektr dipol deb ataladi va r=gl vektordipol momenti bilan xarakterlanadi (rasmga q.). Vektor manfiy zaryaddan musbat zaryadga qarab yo’nalgan.
Dipolning yeD xususiy elektr maydoni nuqtaviy zaryadlar e+> va e-- maydnlarnning vektor yig’indisiga teng. Bu kattalikni g nuqtada r vektor va birlik vektor orqali ifodalash mumkin.
Zaryadlar orqali o’tuvchi chiziq bo’ylab maydon e ga teng (bu yerda ε0— elektr doimiy). SHunday bo’lib chiqadiki, yed maydon nuqtaviy zaryad maydonida tezroq kamayar ekan. Shuning uchun berilgan zaryadlar sistemasi neytralmi yoki yo’qmi ekanini zaryadning o’lchamlaridan katta masofalardagi elektr maydonini o’lchash bilan aniqlash mumkin. Neytral sistemaning elektr maydoni 1/g2 ga qaraganda tezroq, dipol momenti nolga teng bo’lgan sistemaning elektr maydoni zsa 1/g3 dan tezroq kamayadi, Zaryadlarnnng neytral sistemasini ko’p masalalarda R momentli dipol deb qarash mumkin (r sistemaga kirgan barcha dipollar momentlari yig’indisiga teng).