Diskli sirena
Havo oqimini mexanik zatvor bilan to’xtatish usulidan foydalanib, tovush tebranishlari generatorini yasash mumkin. yetarli kuchga ega bo’lgan bunday havo oqimini shlangining uchi konussimon torayib boradigan ro’zg’or pilesosi yordamida hosil qilish mumkin. Pilesosdan tashqari generatorga ko’p aylanishlar soniga ega bo’lgan elektr motori (masalan, ventilyatorning motori), diametri 30 – 50 sm li tunuka yoki qattiq karton disk ham kerak. Diskda doira bo’ylab bir tekis joylashgan qator teshiklar ochiladi va uni motorning o’qiga mahkamlanadi. Pilesos uchini aylanayotgan disk teshiklariga yaqinlashtirilsa, ma’lum chastotali v=nk tovush eshitiladi, bu yerda n – motorning 1 s dagi aylanishlar soni, k –diskdagi teshiklar soni. Bu yasalgan qurilma – sodda diskli sirenani termoelektrni kashf qilish bilan jahonga mashhur bo’lgan nemis fizigi Tomas Iogann Zeyebek ixtiro qilgan (1821).
Agar aylanishlar sonini sozlash mumkin bo’lgan motor qo’yilsa, turli chastotali tovushlar hosil bo’ladi. SHu maqsadda diskning kontseptrik aylanalarida turli sondagi teshiklar ochish va pilesos uchini radius bo’ylab siljitish ham mumkin
Agar teshiklari soni 48, 45, 40, 36, 32, 27 va 24 ta bo’lgan sakkizta orator qilinsa, bu holda siz odatdagi muzika gammasining tonlarini olishingiz mumkin. Teshiklari soni 48, 36, 15, 12 tadan bo’lgan to’rtta orator olinsa, havo oqimidan major akkordini eshitishingiz mumkin.
Nihoyat, pilesos shlangi uchiga ikkita va undan ko’p teshikli uchliklar o’rnatilsa, bunda turli teshik qatorlariga havo oqimlarini bir vaqtda yuborish mumkin bo’ladi. Tajribalarda quyidagilarni esdan chiqarmaslik kerak:
- aylanayotgan diskdan qo’lni jarohatlab olish mumkin;
- pilesos qizib ketishi mumkin;
- tajribalar atrofingizdagi kishilarning ishiga va dam olishiga halal bermasligi kerak