Dopler efekti

Amerikalik fizik-olim Robert Vud to’g’risidagi bir hayotiy voqeada shunday hikoya qilinadi. Budning avtomobili chorrahadan qizil chiroqda o’tib ketganida uni to’xtatishsa, Vud o’z xatosini politsiyachiga Dopler effektini bahona qilib tushuntirgan ekan: harakatlanayotgan kuzatuvchi uchun manba yorug’ligining chastotasi o’zgaradi va shuning uchun svetofor unga yashil bo’lib ko’ringan emish. Politsiyachi ham anoyilardan emas ekan. U avtomobilning tezligi yorug’lik tezligiga yaqin bo’lgandagina chastota sezilarli darajada o’zgarishi mumkin ekanligini bilar, shuning uchun olim bilan talashib o’tirmay, tezlikni oshirgani uchun Vudni jarima bilan jazolab qo’ya qolgan ekan.

Dmitriy Sergeyevich Rojdestvenskiy

Rus fizigi, akademik, optika sanoatining tashkilotchilaridan biri.

Peterburgda tug’ilgan. 1900 yilda Peterburg universitetini a’lo baholar bilan tugalladi. Uch yildan so’ng shu universitetning o’qituvchisi bo’ldi. 1919 yilda fizika bo’limini tashkil qildi va vaqt talablariga mos tarzda fizikani o’qitishni tubdan o’zgartirdi.

Dmitriy Ivanovich Mendeleyev

Dmitriy Ivanovich Mendeleyev 1834 yilda Tobolskda mahalliy gimnaziya direktori oilasida tug’ildi. Mendeleyevlar uyi shaharning haqiqiy ma’naviy markazi edi – bu yerda Tobolskning ilg’or ziyolilari va surgunda yashayotgan dekabristlar yig’ilishar edi. Progressiv e’tiqodli kishilar bilan muloqotda bo’lish bo’lajak olimning dunyoqarashi shakllanishiga kuchli ta’sir qildi.

Dislokatsiyalar

Agar kristallning elektron mikroskopda olingan fotosuratiga qaralsa, atomlarning davriy jonlashishi ba’zi joylarda buzilishini ko’ramiz. Atom tekisliklari ketma-ket keladi (suratda atom qatorlari—bu tekisliklarning chekkalari ko’rinib turadi). Biroq «ortiqcha» tekislik paydo bo’lganda ideal kristall struktura yo’qoladi.

Diskli sirena

Havo oqimini mexanik zatvor bilan to’xtatish usulidan foydalanib, tovush tebranishlari generatorini yasash mumkin. yetarli kuchga ega bo’lgan bunday havo oqimini shlangining uchi konussimon torayib boradigan ro’zg’or pilesosi yordamida hosil qilish mumkin. Pilesosdan tashqari generatorga ko’p aylanishlar soniga ega bo’lgan elektr motori (masalan, ventilyatorning motori), diametri 30 – 50 sm li tunuka yoki qattiq karton disk ham kerak

yosh-fizik. uz