Bug'lanish

Bug’lanish—moddaning suyuq holatdan gazsimon (bug’simon) holatga o’tishi. U suyuqlikni gazdan ajratib turadigan ochiq, bo’sh sirtda, masalan, ochiq idish, suv havzasi sirti va h. k. sirtlarda yuz beradi. Bug’lanish har qanday temperaturada ham yuz beraveradi, lekin temperatura oshgan sari hamma suyuqliklarda ham u jadallashadi. Ayni modda massasi egallagan hajm bug’lanishda keskin kattalashadi.

Broun harakati

1927 yilda ingliz botanigi R. Broun gul changining suvda muallaq yurgan zarralarini mikroskop orqali kuzatdi. Ko’rgan narsasi uni hayron qoldirdi. Bu haqda u shunday deb yozgan edi: «O’lchamlari juda kichik, uzunligi dyuymning to’rt ming biridan besh mingdan birigacha ulushicha kichik (ya’ni 5 — 6 mm), suvga botirilgan zarralar yoki donalar bilan ishlashda ularning ko’pchiligini harakatda. bo’lishini kuzatdim.

Bog'langan mayatniklar

Bog’langan mayatniklar ustidagi tajribalar ko’pincha darslar leksiyalarda namoyish qilinadi. Biz quyida bu tajribani mustaqil qilib ko’rishni maslahat beramiz.

Bir-biridan gorizontal bo’ylab taxminan 30 sm masofada ikkita mix qoqing va ularga mayatniklarni bog’lang. Bir yukcha massasini m1=100 g, ikkinchi yukcha massasini m2=500 g qilib oling. Birinchi mayatnik ipining uzunligi l1 =1m bo’lsin, ammo ikkinchi mayatnikning uzunligini, masalan, bunday o’zgartirib turish kerak: l2=0,5 m; 0,7m; 1 m; 1.2 m, 1.5m.

Bosim

Siz nimi deb o’ylaysiz? Qo’lingiz bilan og’ir gusenitsali traktor tuproqqa ko’rsatgan bosimdan loaqal bir necha marta katta bosim bera olasizmi?

Ma’lumki, xar qanday odam bunday qilishga bir necha marta urinib ko’rgan, masalan, yog’och taxtaga knopka qadashda shunday bo’ladi. Bunda odamning ko’rsatgan ta’sir kuchi katta emas — 50 H(DT-75 M gusenitsali traktorning og’irligi esa 65 000 N). 

Bir vaqtlilik

Fazoning bitta nuqtasida sodir bo’luvchi ikkita hodisaning bir vaqtliligi sababiyat printsipi yordamida aniqlanadi. Agar hodisalarning hech biri ikkinchisining sababi yoki natijasi bo’lmasa, ular bir vaqtli deymiz. Yoki, boshqacha aytganda, ushbu nuqtadagi soat—biz tanlagan vaqt etalon—har ikkala voqea bir paytda sodir bo’lganini qayd qiladi.

yosh-fizik. uz