Alessandro Volta
Elektr kuchlanish birligiga nomi qo’yilgan taniqli italyan fizigi. Milan yaqinidagi Komo shaharchasida tug’ilgan. Bo’lg’usi olimda tabiatdagi elektr hodisalarni o’rganishga qiziqish ancha erta uyg’ondi. 1769 yilda u leyden bankasi haqida, so’ngra elektr mashina haqida yana bitta maqola elon qildi. 1774 yilda o’zi tug’ilgan shaharcha gimnaziyasida fizikadan dars bera boshladi, 1779 yildan Paviya universiteti profeseori bo’ldi.
Uning kashfiyotlari ichida – elektrofor, elektrometr, kondensatorli elektroskoya va boshqa asboblar bor edi. 1800 yilda u birichii elektr tok manbai – Volt ustunini ixtiro qildi; u mis va rux plastinkalardan iborat bo’lib, ularning oralariga ishqor eritmasi singdirilgan material doirachalari joylashtirilgan edi. Bu ixtiro olimga jahon miqyosida shuhrat keltirdi.
Volta «jonli elektrni» o’rganish bo’yicha ham bir qator ajoyib tajribalar o’tkazdi. Hayvonot elektri haqida siz nima deb o’ylaysiz? – deb yozgan edi u 1794 yilda. – Men bo’lsam allaqachon, barcha ta’sirlar dastavval metallarning qandaydir ham tanaga yoki suvning o’ziga tegishidan sodir bo’ladi, deb hisoblayman.
Bunday tegishish natijasida elektr suyuqlik metallardan bu nam tanaga yoki suvga biridan ko’proq, boshqasidan kamroq (ruxdan ko’proq, kumushdan kamroq) haydaladi. Tegishli o’tkazgichlar orasida uzluksiz aloqa o’rnatilganda bu suyuqlik doimiy aylanib oqadi.
Yopiq elektr zanjirining birinchi tavsifi shunday edi. Bundan tashqari, o’zidan oldin o’tgan italyan olimi L. Galvanidan (1737 – 1798) farqli o’laroq, Volta hech qanday maxsus hayvonot elektri yo’qligini tushundi. Bu o’sha oddiy elektr zanjiridagi elektrning o’zidir. Agar bu zanjirni uzsak hamda uzilish joyiga ulovchi qism sifatida baqaning tirik nervini kiritsak, u holda bunday nervlar bilan boshqariluvchi muskullar, o’tkazgichlar zanjiri yopilishi va elektr toki vujudga kelishi bilanoq qisqara boshlaydi. Uning bu sohadagi tadqiqotlari fiziologiyaning rivojlanishi uchun katta ahamiyat kashf etdi.
Volta turli jinsli metallar kontakt qilinganda ularning o’zaro elektrlanishini (kontakt potentsiallar farqi) ochdi va ularni turli jinsli metallar orasida vujudga keluvchi kuchlanish kattaligi bo’yicha kuchlanish qatori deyiluvchi qatorga joyladi.