Alessandro Volta

Elektr kuchlanish birligiga nomi qo’yilgan taniqli italyan fizigi. Milan yaqinidagi Komo shaharchasida tug’ilgan. Bo’lg’usi olimda tabiatdagi elektr hodisalarni o’rganishga qiziqish ancha erta uyg’ondi. 1769 yilda u leyden bankasi haqida, so’ngra elektr mashina haqida yana bitta maqola elon qildi. 1774 yilda o’zi tug’ilgan shaharcha gimnaziyasida fizikadan dars bera boshladi, 1779 yildan Paviya universiteti profeseori bo’ldi.

Aleksandr Stepanovich Popov

Har yili 7 mayda mamlakatimizda Radio kuni nishonlanadi. Radioning kashfiyotchisi rus olimi Aleksandr Stepanovich Popov bo’lgan.

U Uraldagi Turinskiye Rudniki zavod posyolkasida tug’ildi. Bolaligidan texnikaga qiziqdi, qo’lbola nasos, suv tegirmonlari yasadi, hamisha o’ziga xos yangi narsa uylab topishga urinar edi. Masalan, bir kuni toshli oddiy soatni elektr budilnikka aylantirdi. 

Aleksandr Grigorevich Stoletov

Rus fizigi Aleksandr Grigorevich Stoletov Vladimir shahrida, savdogar oilasida tug’ilgan. Moskva universitetini tamomlagach (1860), shu yerda o’qituvchilik faoliyatiga tayyorlash uchun qoldirildi.

1862 yilda Stoletov uch yilga Germaniyaga jo’nadi, u yerda G. Kirxgof, G. Magnus, V. Veber kabi yirik olimlarning muz ostida tajriba orttirish uchun ishladi.

Albert Enshteyn

Buyuk fizik, nisbiylik nazariyasi asoschisi, kvant nazariya va statistik fizika asoschilaridan biri.

Germaniyada Ulm shahrida tug’ilgan. 14 yoshidan boshlab, oilasi bilan Shveytsariyada yashadi, u yerda 1900 yilda yilda Syurix politexnikumini tugalladi. 1902-1909 yillarda Bernda patent byuroning eksperti vazifasida ishladi. 

Akustika

Akustika-fizikaning tovush va uning modda bilan o’zaro ta’sirini o’rganuvchi bo’linma. Kundalik turmushimizda bu so’z ko’pincha biror xonaning tovush xarakteristikasi sifatida qo’llaniladi. Agar artistlarning ovozlari teatr zalining istagan joyiga aniq eshitsa, agar ular tinglovchilarga tabiiy, buzilmagan holda yetib borsa, u holda zalning akustikasi yaxshi ekani haqidagapiriladi. Bunga erishish oson ish emas. 

yosh-fizik. uz