Termodinamika

Termodinamika so’zi ikkita yunon so’zidan tashkil topgan: «terme» – «issiqlik» va «dinamik» – «kuch». Termodinamika issiqlik mashinalari: bug’ qozonlari, ichki yonuv dvigatellari va b. da yuz beruvchi protsesslar haqidagi, ya’ni issiqlikning mexanik harakatga, ishga aylanishi haqidagi fan sifatida vujudga keldi. Hozirgacha uning bo’limlaridan biri shu masalalarni (faqat u reaktiv dvigatellar nazariyasini ham, yadro reaktorlarini va b. ko’plab narsalarni ham) o’rganadi.

yosh-fizik. uz