Rentgen nurlari
O’tgan asr oxirida Germaniyadagi Vyursburg universiteti professori V. Rentgen gazlarda elektr razryadi ustida tajribalar o’tkazdi. U ikki kavsharlangan elektrodga ega bo’lgan, atmosfera bosimiga nisbatan ~10-5 bosimgacha havosi so’rilgan shisha trubkani ishlatdi. Elektrodlarga yuqori kuchlanish berilganida anod (musbat elektrod) atrofidagi shisha sarg’ish-yashil yorug’lik bilan yorug’lana boshlagan. Bu yorug’lanishni fiziklar katod nurlari deyiladigan nurlar ta’siri oqibati, deb tushuntirgan. Ularni katod nurlantiradi hamda u anodga va qisman trubka devoriga tushadi. Keyinroq bu nurlar manfiy zaryadlangan zarralar elektronlar oqimi ekanligi isbotlandi.