Elektrostatika

Tabiatda elektr kuchlari juda keng tarqalgan. Bizni o’rab turgan dunyo zaryadlarning o’zaro ta’siridan tashkil topgan: elektronlar zaryadlangan yadroga tortilganligi uchun atomlar mavjud, har kuni biz foydalanadigan barcha buyumlar bo’laklarga bo’linib ketmaydi. Chunki ayrim atomlar elektr kuchlari hisobiga bir-biri bilan «ushlashib» turadi, yorug’lik ham elektromagnit to’lqindir.

Elektron

Elektron – leptonlar sinfiga mansub manfiy zaryadlangan elementar zarra (Elementar zarralar), hozirgacha tabiatda ma’lum bo’lgan eng kichik massa va eng kichik elektr zaryadi. 1897 yilda ingliz olimi J. J. Tomson kashf etgan.

Elektromagnit to'lqinlar

Bizni o’rab olgan butun fazodan elektromagnit nurlanishlar o’tadi. Quyosh, bizni o’rab olgan jismlar, radiostansiya va televizion uzatkichlar antennalari elektromagnit to’lqinlarni tarqatadi, ular tebranish chastotalariga qarab turlicha ataladi: radioto’lqinlar, infraqizil nurlanish, ko’rinadigan yorug’lik, rentgen nurlari (1- rasm). 

Elektromagnit tebranishlar generatori

Elektromagnit tebranishlar generatorlari hamma joyda ishlatiladi. Lampali generatorlar radio va televizion stantsiyalarda o’rnatilgan; magnetron generator – zamonaviy radiolokatorning bosh uzelidir; lazer na lazerlar yordamida moddaning tuzilishi o’rganiladi, masofalar, jismlarning tezligi aniq o’lchanadi, fazodagi kosmik kemalarning turgan joyi aniqlanadi.

Elektrolizda ionlar harakati tezligi

Ionlarning eritmada elektr maydon ta’sirida qanday tezlikda harakatlanishini aniqlash usullaridan birini keltiramiz. Buning uchun siz filtr qog’ozdan uzunligi 10 sm va kengligi 2 sm qilib poloska qirqing va uni oynaga yoki boshqa izolyatsiyalovchi taglikka mahkamlang.

yosh-fizik. uz