Fazo

Asrimiz boshida, 1916 yilda A. Eynshteyn umumiy nisbiylik nazariyasini yaratdi (Nisbiylik nazariyasi). Boshqachasiga uni fazo-vaqt nazariyasi ham deyiladi. «Fazo-vaqt» so’zlar birikmasi defis orqali yoziladi, chunki bu tushunchalarning bir-biridan mustaqil emasligi, balki uzviy bog’langanligi ma’lum bo’ldi.

Ervin Shryodinger

Kvant mexanika yaratuvchilaridan biri bo’lgan bu Avstriya olimi 1926 yilda o’z nomi bilan ataladigan differensial tenglama chiqardi. Shryodinger tenglamasi kvant mexanikaning butun matematik apparati suyanadigan asos bo’ldi

Ernest Rezerford

Atom tuzilishi va radioaktivlikni tadqiq qilish bo’yicha mashhur ingliz olimi, yadro fizikasinnng yaratuvchilardan biri. E. Rezerford London Kirollik jamiyati—Angliya Fanlar akademiyasining a’zosi edi, jahondagi turli mamlakatlarning 30 dan ortiq akademiyalari va ilmiy jamiyatlarining, shu jumladan sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi edi. 1908 yilda u radioaktivlikni tadqiq qilishga doir ishlari uchun Nobel mukofoti laureati bo’ldi.

Erish

Erish – moddaning qattiq holatdan suyuq holatga o’tishi. Bu protsess qizdirishda yuz beradi. Masalan, oson eriydigan metall – qo’rg’oshin 600 K yoki 327'S gacha qizdirilsa, qattiq holatdan suyuq holatga o’tadi. Qo’rg’oshinni zanglam aydigan po’latdan yasalgan qoshiqda gaz plitada oson eritish mumkin.

Entropiya

Protsesslarning yo’nalishini avvaldan aytib berish imkoni termodkinamika ikkinchi qonunining asosiy mazmunini tashkil etadi. Nemis fizigi R. Klauzius protsessning bir tomonlama kechishiga olib keluvchi cheklashni tahlil qilib S funksiyani kiritdi va uni entropiya deb atadi. Klauzius ta’rifida (1865) termodinamikaning ikkinchi qonuni shunday ifodalanadi:"O’zgarmas energiyaga ega sistemalarda o’z-o’zicha kechadigan protsesslarda entropiya hamisha o’sib boradi".

yosh-fizik. uz