Geofizika

Geofizika yoki yer fizikasi-sayyoramiz va uning yaqin atrofi - Quyosh sistemasini o’rganuvchi fanlar kompleksi. yer va boshqa oson jismlari taxminan 4,6 mlrd yil avval tashkil topgan. yer, Oy va meteoritlar eng qadimiy jinslarining yoshi xuddi shunga teng. (Jinslarning yoshi ularning oxirgi marta erish yoki changdan kondensatlanishi paytidan hisoblanadi, o’zlari esa ba’zi izotoplarning nisbiy tarkibiga qarab aniqlanadi).

Gazli suvning "qaynashi"

Qaynash protsessi sokin o’tishi uchun odatda qizdirilayotgan eritmali idishga shisha naycha bo’lagi, marmar parchasi va h. k. solib qo’yiladi. Bu qoidaga rioya qilinmasa, suyuqlik o’ta qizishi va tasodifan vujudga kelgan har xillik jadal bug’ hosil qilishi, ba’zan kichik portlash yuz berishi mumkin. Shuning uchun o’ta qizigan suyuqlik bilan tajribalar o’tkazayotganda tavakkal qilmasdan, modeldan – oddiy gazli suvdan foydalangan ma’qul. Bunday suv karbonat angidrid gazi bilan to’yingan bo’ladi, unda CO2 pufakchalari hosil bo’lishi bug’ pufakchalari hosil bo’lishiga o’xshaydi

Gazlarda elektr razryadi

Sekundning juda kichik ulushlarida juda katta tok oqqanda va uning yo’lida yuqori bosim va zarbiy to’lqinlar uchraganda hosil bo’ladigan yashinlar; elektr payvand apparatining ravshan yorug’ligi; biz ko’nikib qolgan neon reklamalarning yorug’ligi, yuqori voltli liniya tayanchlari yaqinida vishillashlar va chirsillashlar − bularning hammasi turli xil gaz razryadlari bilan kuzatiladigan hodisalardir.

Gaz

Gaz—modda holatlaridan biri; uning zarralari o’zi kirishi mumkin bo’lgan fazoni bir tekis to’ldirib, erkin harakatlanadi. Ular bu fazoni chegaralovchi qobiqqa bosim beradi. Normal bosimda gazlarning zichligi suyuqliklarning zichligidan bir necha marta kichik bo’ladi.

Gamma(γ)-nurlanish

Kvant mexanikaning atom bo’ysunadigan qonunlariga atom yadrosi ham bo’ysunadi. Atom energiyasi istagan qiymatlarni emas, balki energetik satxlar deb ataluvchi ma’lum qator kattaliklarni qabul qiladi. Bunday sathlar yadroda ham mavjud. Ularning pastkisi asosiy sathlar, katta energiyali sathlar esa uyg’ongan sathlar deyiladi. Atomda sathlar orasidagi farq elektron qobiqlarning turli holatlari bilan, yadroda esa yadro zarralari - protonlar va neytronlarning holatlari bilan bog’liq.

yosh-fizik. uz