Fazaviy o'zgarishlar

Sistema holatining o’zgarishida moddaning bir fazadan boshqasiga o’tishi fazaviy o’zgarishlar deyiladi. Faza muayyan ximiyaviy tarkibga va termodinamik xossalarga ega bo’lgan, boshqa fazalardan bo’linish sirti bilan ajralgan moddiy ob’ektlar majmuasi. Yoki boshqacha aytganda, faza – bir jinsli bo’lmagan sistemaning bir jinsli qismi bo’lib, u sistemadan biror-bir mexanik usul bilan ajratilishi mumkin. Odatda, bitta gaz faza mavjuddir (gaz aralashmalarining juda yuqori bosimlarda kamdan-kam uchraydigan qatlamlanish hollarini istisno qilganda). Suyuq va ayniqsa, qattiq fazalar g’oyat ko’p bo’lishi mumkin.

Elektr kuchlanish

Biz turmushimizda bu so’zga o’rganib qolganmiz. Hamma biladiki, xona rozetkasida kuchlanish 220 V. Balki 311 V dir? Bu savolga javob berish uchun tushunchani ta’riflaylik: elektr zanjirning ikkita nuqtasi orasidagi kuchlanish deb, shu nuqtalar orasida birlik musbat zaryadni ko’chirishga sarflangan ishga aytiladi. SI sistemasida kuchlanish birligi uchun volt (1V) qabul qilingan. Bu birlik XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida elektr hodisalarni o’rgangan italyan olimi A. Volt sharafiga qo’yilgan. Zanjirdagi tok kattaligi (Elektrodinamika) va ikkita elektrod orasidagi yo’lni o’tgan zarraning energiyasi kuchlanish kattaligiga bog’liq bo’ladi.

Dielektrik

Agar ingichka ipga zaryadlanmagan shisha yoki qahrabo tayoqchani osib, uni musbat zaryadlangan sfera bilan yonma-yon joylashtirilsa, tayoqchaning o’qi elektr maydoni kuch chiziqlari yo’nalishida turib qoladi. Tayoqchaning sharga yaqin uchida shardagi zaryadga qarama-qarshi manfiy zaryad, boshqa uchida esa musbat zaryad paydo bo’ladi. Tayoqchaning uchlari go’yo elektr qutblari bo’lib qoladi. Shuning uchun bu hodisa qutblanish deb nom olgan. Har qanday jismda zaryadlarning bir qismi elektr maydoni ta’sirida erkin harakatlanib, elektr toki hosil qiladi, bog’langan zaryadlar esa qutblanadi. 

Beta(β)-yemirilish

Beta-yemirilish atom yadrosida neytronni protonga (yoki, aksincha, protonni neytronga) almashtirish energetik jihatdan foydali bo’lganda va hosil bo’ladigan yangi yadroning tinch holatdagi massasi kichik, ya’ni bog’lanish enegriyasi katta bo’lganda sodir bo’ladi. Ortiqcha energiya reaktsiyaga kirishgan moddalar orasida taqsimlanadi.

Adronlar

Adronlar-kuchli o'zaro ta'sirlarda etuvchi zarralarning umumiy nomi. Bu nom 'kuchli, yirik' degan ma'noni anglatuvchi yunoncha so'zdan kelib chiqqan. Barcha adron lar ikkita katta gruppa: mezonlar va barionlarga bo'linadi.

yosh-fizik. uz