Kamera-obskura

Bunday kamera hatto uyg’onish davrining olimi va rassomi italiyalik Leonardo da Vinchiga ham ma’lum edi. Uning tuzilish prinsipi juda sodda: ob’ektdan qaytgan yorug’lik nurlari berk yashikdagi kichik tirqish orqali o’tadi va qarama-qarshi tomondagi devor—ekranga tushadi. Ekranda kichiklashtirilgan teskari tasvir hosil bo’ladi.

Jozefson effekti

O’ta o’tkazgichning ikki parchasi  dielektrikning yupqa pardasi bilan ajratilgan, deb faraz qilaylik. Elektronlar bir o’ta o’tkazgichdan ikkinchisiga o’ta oladimi? Ha, o’ta oladi, bunday o’tish tunnel effekti tarzida bo’ladi. Xuddi shunday Kuper elektron juftlari ham dielektrik qatlamidan tunnelli o’tib, o’ta o’tkazuvchan tok uzatadi (1-rasm). Ingli z nazariyotchi fizigi B.Jozefson 1962 yilda xuddi ana shu hodisani oldindan aytgan edi.

Inertsiya

Ming yillar mobaynida odamlar tungi osmonga tikilib, sayyora va yulduzlar harakatini kuzatishgan. Ular haqida qanchadan-qancha afsona va rivoyatlar to’qishgan, biroq ularning osmon gumbazidagi harakat qonunlari o’sha davr olimlari uchun sirligicha qolavergan. Nihoyat, 1632 yilda Florensiyada G.Galileyning «Olamning ikki asosiy sistemasi haqida dialog» (q.Ptolemeyning geosentrik sistemasi va N.Kopernikning geliosentrik sistemasi haqidagi) asari asosi-inersiya prinsipi v a klassik nisbiylik prinsipiga asos soldi.

Inersiya prinsipining hozirgi zamon ta’rifi har qanday jism o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini boshqa jismlar uni shu holatidan chiqarmaguncha saqlaydi, deb tasdiqlaydi.

Harakat

Keng ma’noda harakat, F. Engels so’zlari bilan aytganda, «koinotda bo’ladigan barcha o’zgarish va protsesslarni, oddiy siljishdan tortib to tafakkurgacha» o’z ichiga qamrab oladi. Bunday tushunishda harakat materiyaning yashash usulidir. Bizni o’rab olgan olam harakatdagi materiyadir. Materiya va harakat bir-biridan ajralmasdir, ha­rakatsiz materiya bo’lmaganidek, materiyasiz harakat ham bo’lmaydi.

Garmonik ossillyator

Har bir kishi u yoki bu tebranishlarni-soat mayatniklari, arg’imchoq va boshqalarning harakatini kuzatgan, albatta.

Bunday kuzatish jarayonida bu tebranishlarning hammasi o’z davrining doimiyligidek ajoyib xossaga egaligini sezish mumkin.

Tebranishlarning juda keng sinfi uchun umumiy bo’lgan bu xossani birinchi bo’lib G. Galiley 1593 yilda aniqladi. Izoxronlik yoki boshqacha aytganda, mayatnik tebranishlar davrining doimiyligi qonuni keyinchalik XVII asr niderland olimi X. Gyuygensga soatlarda mayatnik qo’llashga imkon berdi.

Har qanday sistemada tebranishlar vujudga kelishning zarur sharti-qaytaruvchi kuchning borligidir, bu kuch sistemani u tashqi ta’siri natijasida muvozanat holatidan chiqarilgandan keyin, muvozanat holatiga qaytarishga doim intiladi.

yosh-fizik. uz