Potensial energiya
Qadim zamonlardayoq mexanikaning quyidagi oltin qoidasi kashf qilingan edi: kuchdan yutsang, masofadan yutqazasan. Haqiqatan, masalan, yuk qiya tekislik bo’yicha ko’tarilsa, og’irlik kuchlariga qarshi ish bajarishga to’g’ri keladi (ishqalanish kuchlariga qarshi bajariladigan ishni e’tiborga olmaslik mumkin, deb hisoblaymiz). Agar qiya tekislik yotiqroq bo’lsa, u holda yo’l uzun, lekin yukka kichikroq kuch qo’yish mumkin. Tikroq tekislik bo’yicha yukni ko’tarish og’irroq, lekin shuning evaziga yo’l qisqaroq bo’ladi. t massali yukni h balandlikka ko’tarish uchun bajariladigan ish hamma vaqt bir xil bo’lib, mgh ga teng.