Optika
Qachonlardir optika deganda ko’rish haqidagi fanni tushunganlar, «Optika» so’zining aniq ma’nosi ham shunday. O’rta asrlarda optika asta-sekin ko’rish haqidagi fandan yorug’lik haqidagi fanga aylandi, linzalar va kamera-obskuraning ixtiro qilinishi bunga imkon berdi. Hozir optika yorug’likning chiqarilishi, turli muhitlarda yorug’likning tarqalishi, uning modda bilan o’zaro ta’siri o’rganiladigan fizika bo’limi. Ko’rish bilan, ko’zning tuzilishi va ishlashi bilan bog’liq bo’lgan masalalar fiziologik optika deb ataladigan maxsus bo’lim bo’lib ajralib chiqdi.