Ming yillar mobaynida odamlar tungi osmonga tikilib, sayyora va yulduzlar harakatini kuzatishgan. Ular haqida qanchadan-qancha afsona va rivoyatlar to’qishgan, biroq ularning osmon gumbazidagi harakat qonunlari o’sha davr olimlari uchun sirligicha qolavergan. Nihoyat, 1632 yilda Florensiyada G.Galileyning «Olamning ikki asosiy sistemasi haqida dialog» (q.Ptolemeyning geosentrik sistemasi va N.Kopernikning geliosentrik sistemasi haqidagi) asari asosi-inersiya prinsipi v a klassik nisbiylik prinsipiga asos soldi.
Inersiya prinsipining hozirgi zamon ta’rifi har qanday jism o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini boshqa jismlar uni shu holatidan chiqarmaguncha saqlaydi, deb tasdiqlaydi.