Fazaviy o'zgarishlar
Sistema holatining o’zgarishida moddaning bir fazadan boshqasiga o’tishi fazaviy o’zgarishlar deyiladi. Faza muayyan ximiyaviy tarkibga va termodinamik xossalarga ega bo’lgan, boshqa fazalardan bo’linish sirti bilan ajralgan moddiy ob’ektlar majmuasi. Yoki boshqacha aytganda, faza – bir jinsli bo’lmagan sistemaning bir jinsli qismi bo’lib, u sistemadan biror-bir mexanik usul bilan ajratilishi mumkin. Odatda, bitta gaz faza mavjuddir (gaz aralashmalarining juda yuqori bosimlarda kamdan-kam uchraydigan qatlamlanish hollarini istisno qilganda). Suyuq va ayniqsa, qattiq fazalar g’oyat ko’p bo’lishi mumkin.