Fizikada ehtimollik

Ehtimollik tushunchasi fizikada gazlarning kinetik nazariyasi rivojlanishi bilan paydo bo’ldi. Gaz juda ko’p harakatdagi zarralardan iborat ekanligi aniqlangach, gaz zarralari – uning molekulalari qanday tezliklar bilan harakatlanishi haqida savol tug’ildi.

Fizika va metamatika

Fizikaning vazifasi kuzatiladigan kattaliklar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash va tushunib olishdan iborat. Bashoratning tajriba bilan miqdor jihatdan mos tushishi – tushunishni tekshirishning eng ishonchli yo’lidir. XVIII asrdayoq italyan olimi A. Volta «hamma narsani o’lchovlar va darajalarga keltirilmasa, ayniqsa, fizikada qanday qilib yaxshi narsa qilish mumkin?» degan edi.

Fizik paradokslar

V. I. Dal lug’atida «paradoks» so’zi shunday ta’riflangan: «birinchi qarashda kelishmagan, hayratga soluvchi, umumga zid, g’alati fikr». Bu ta’rif ilmiy paradoks uchun ham o’rinli bo’lib, faqat unga bunday fikr ishonarli tarzda asoslanishi lozimligini qo’shib qo’yish lozimdir.

Fazo

Asrimiz boshida, 1916 yilda A. Eynshteyn umumiy nisbiylik nazariyasini yaratdi (Nisbiylik nazariyasi). Boshqachasiga uni fazo-vaqt nazariyasi ham deyiladi. «Fazo-vaqt» so’zlar birikmasi defis orqali yoziladi, chunki bu tushunchalarning bir-biridan mustaqil emasligi, balki uzviy bog’langanligi ma’lum bo’ldi.

yosh-fizik. uz