Akustika

Akustika-fizikaning tovush va uning modda bilan o’zaro ta’sirini o’rganuvchi bo’linma. Kundalik turmushimizda bu so’z ko’pincha biror xonaning tovush xarakteristikasi sifatida qo’llaniladi. Agar artistlarning ovozlari teatr zalining istagan joyiga aniq eshitsa, agar ular tinglovchilarga tabiiy, buzilmagan holda yetib borsa, u holda zalning akustikasi yaxshi ekani haqidagapiriladi. Bunga erishish oson ish emas. 

Adronlar

Adronlar-kuchli o'zaro ta'sirlarda etuvchi zarralarning umumiy nomi. Bu nom 'kuchli, yirik' degan ma'noni anglatuvchi yunoncha so'zdan kelib chiqqan. Barcha adron lar ikkita katta gruppa: mezonlar va barionlarga bo'linadi.

yosh-fizik. uz