Atom

Hamma jismlar, shu jumladan, o’zimiz ham atomlar deb ataluvchi juda mayda «g’ishtchalar» dan iborat. Tabiatda ximiyaviy elementlar qancha bo’lsa, bunday «g’ishtchalar» tiplari ham shuncha bo’ladi. Ximiyaviy element-ayni bir tipdagi atomlar to’plami.

Atmosfera

Bu so’z «bug’» va «qobiq» ma’nolarini anglatuvchi yunoncha «atmos» va «sfera» so’zlaridan kelib chiqqan. Gaz qobiqlari hamma yulduzlar va katta sayyorlarni o’rab olgan. Kichik osmon jismlarida esa atmosfera yo’q. Bunga sabab shuki, kichik osmon jismlari sirtida og’irlik kuchi tezlanishi g va ularning radiusi R uncha katta emas, shuning uchun ikkinchi kosmik tezlik  gaz molekulalarining issiqlik tezligidan kichik bo’ladi-kichik oson jismlari gazni tutib tura olmaydi.

Anitimodda

Antimodda-antizarralardan tashkil topgan materiya. Antizarralarning mavjudligini dastlab 1930 yilda ingliz fizigi P. Dirak bashorat qilgan edi. Relyativistik elektron uchun Dirak tenglamasidan shunday massaga va musbat elektr zaryadiga ega bo’lgan uning o’xshashi uchun ikkinchi yechim kelib chiqqan edi. O’sha vaqtlarda musbat zaryadlangan faqat bitta zarra-proton ma’lum edi, u o’z xossalariga ko’ra elektrondan keskin farq qilar edi. Nazariyotchilar bu farqlarning turli xil izohlarini o’ylab topa boshladilar, biroq tez orada shu narsa aniqlandiki, protonning Dirak bashorat qilgan zarra bilan hech qanday aloqasi yo’q ekan. 1932 yilda musbat zaryadlangan antielyektronlarni (hozir ular pozitron deyiladi) amerikalik fizik A. Anderson kosmik nurlar tarkibida aniqladi. Bu kashfiyot Dirak nazariyasining ajoyib isboti bo’ldi.

Andre Mari Amper

Fransuz fizigi va matematigi, fizikaning yangi sohasi –elektrodinamikaning asoschilaridan biri Andre Mari Amper Lion shahrida tug’ildi.

U keng ko’lamda ma’lumot oldi: chet tillarni, matematikani, tabiiy fanlarni o’rgandi. Amper D. Didro va J. L. D Alamberlar mashhur «Ensiklopediya» sining 20 tomini, L. Eyler, D. Bernulli, J. L. Lagranjning ilmiy ishlarini o’qib chiqdi.

Amorf holati

Rentgen nurlari yordamida zarralari suyuqlikdagidek tartibsiz joylashgan qattiq moddalar mavjudligini aniqlash mumkin bo’ldi (Qattiq jism) Bunday moddalar amorf moddalar yoki shishalar deyiladi, chunki oddiy shisha-amorf jismning eng tipik misolidir.

Amorf holat-kristalli va gazsimon holatlar orasidagi ortiq holat bo’lib, zarralar kiristalldagiday tartibli joylashmagan, lekin gazdagidan tartibliroq joylashgan bo’ladi.

yosh-fizik. uz