Avogadro Qonuni va soni

Italyan fizigi va ximigi Amedeo Avogadro (1776-1856) Turin shahrida tug’ilgan. U yuridik ma’lumot oldi. Biroq tabiiy fanlarga qiziqishi va moyilligi uni fizika va matematikani mustaqil o’rganishga undadi. 1806 yildan u Turindagi universitet litseyida fizikadan dars bera boshladi. 1830 yilda esa Turin universitetining matematik fizikadan professori bo’ldi.

Atom yadrosi

Atom yadrosining ichiga nazar solishga imkon bergan kashfiyotlar zanjiri bitta satrga yozilganda, shunday ko’rinishiga ega bo’ladi: atom→elektron→atom yadrosi→yadro ichidagi zarralar. Oxirgi qadamlar radioaktivlik kashf qilingandan keyin, fiziklar moddaning a-zarraning yoki geliy yadrosining ichiga kirib borishi uchun ajoyib asbobga ega bo’lganlaridan so’ng qo’yildi (Alfa-yemirilish).

Astrofizika

Astrofizika-astronomiyaning osmon jismlari va ular sistemalarining fizik tabiatini, ularning kelib chiqishi va evolyutsiyasini o’rganadigan bo’limi.

Nomidan ko’rinib turibdiki, astrofizika-bu osmon jismlari fizikasi. 

Atom fizikasi

Atom fizikasi XIX va XX asr chegaralarida gazlarning optik spektrlarini tekshirish, elektron va radiaktivlikning kashf etilishi asosida vujudga keladi, o’z rivojining birinchi bosqichi (XX asrning birinchi choragi) da atom fizikasi asosan atom tuzilishini aniqlash va uning xossalarini o’rganish bilan shug’ullanadi.

yosh-fizik. uz