Gazlarda elektr razryadi

Sekundning juda kichik ulushlarida juda katta tok oqqanda va uning yo’lida yuqori bosim va zarbiy to’lqinlar uchraganda hosil bo’ladigan yashinlar; elektr payvand apparatining ravshan yorug’ligi; biz ko’nikib qolgan neon reklamalarning yorug’ligi, yuqori voltli liniya tayanchlari yaqinida vishillashlar va chirsillashlar − bularning hammasi turli xil gaz razryadlari bilan kuzatiladigan hodisalardir.

Gaz

Gaz—modda holatlaridan biri; uning zarralari o’zi kirishi mumkin bo’lgan fazoni bir tekis to’ldirib, erkin harakatlanadi. Ular bu fazoni chegaralovchi qobiqqa bosim beradi. Normal bosimda gazlarning zichligi suyuqliklarning zichligidan bir necha marta kichik bo’ladi.

Gamma(γ)-nurlanish

Kvant mexanikaning atom bo’ysunadigan qonunlariga atom yadrosi ham bo’ysunadi. Atom energiyasi istagan qiymatlarni emas, balki energetik satxlar deb ataluvchi ma’lum qator kattaliklarni qabul qiladi. Bunday sathlar yadroda ham mavjud. Ularning pastkisi asosiy sathlar, katta energiyali sathlar esa uyg’ongan sathlar deyiladi. Atomda sathlar orasidagi farq elektron qobiqlarning turli holatlari bilan, yadroda esa yadro zarralari - protonlar va neytronlarning holatlari bilan bog’liq.

yosh-fizik. uz