Entropiya
Protsesslarning yo’nalishini avvaldan aytib berish imkoni termodkinamika ikkinchi qonunining asosiy mazmunini tashkil etadi. Nemis fizigi R. Klauzius protsessning bir tomonlama kechishiga olib keluvchi cheklashni tahlil qilib S funksiyani kiritdi va uni entropiya deb atadi. Klauzius ta’rifida (1865) termodinamikaning ikkinchi qonuni shunday ifodalanadi:"O’zgarmas energiyaga ega sistemalarda o’z-o’zicha kechadigan protsesslarda entropiya hamisha o’sib boradi".