Elektromagnit to'lqinlar

Bizni o’rab olgan butun fazodan elektromagnit nurlanishlar o’tadi. Quyosh, bizni o’rab olgan jismlar, radiostansiya va televizion uzatkichlar antennalari elektromagnit to’lqinlarni tarqatadi, ular tebranish chastotalariga qarab turlicha ataladi: radioto’lqinlar, infraqizil nurlanish, ko’rinadigan yorug’lik, rentgen nurlari (1- rasm). 

Elektromagnit tebranishlar generatori

Elektromagnit tebranishlar generatorlari hamma joyda ishlatiladi. Lampali generatorlar radio va televizion stantsiyalarda o’rnatilgan; magnetron generator – zamonaviy radiolokatorning bosh uzelidir; lazer na lazerlar yordamida moddaning tuzilishi o’rganiladi, masofalar, jismlarning tezligi aniq o’lchanadi, fazodagi kosmik kemalarning turgan joyi aniqlanadi.

yosh-fizik. uz