Magnetizm

Moddalar magnit xossalarining aniqlanishi uzoq tarixga ega. Masalan, ikki ming yillar oldinoq, magnit materiallar kompas sifatida ishlatilgan.

Hozirgi zamon fizikasida magnetizm fizikaning ko’pchilik yetakchi sohalari bilan bog’langan va moddaning magnit maydoni bilan o’zaro ta’sirini o’rganadigan keng bo’limidir. 

Lazer texnalogiyasi

Lazerlar juda ko’p sohalarda keng qo’llaniladi, xususan sanoatda materiallar: metall, beton, shisha, gazlama, teri va h.k. ga turli ishlov berishda foydalaniladi.

Lazer texnologiyasi protsesslarini shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin. Ularning birinchisida lazer nurini o’ta aniq fokuslash va impulsli rejimda ham, uzluksiz rejimda ham energiyani aniq dozalash imkoniyatidan foydalaniladi. Bunday texnologik protsesslarda o’rtacha quvvati uncha yuqori bo’lmagan lazerlar: impuls-davriy ishlaydigan gaz lazerlari, neodim kirishmali ittriy-alyuminiy granat kristallaridagi lazerlar qo’llanilgan. Keyingi lazerlar yordamida soatsozlik sanoati uchun yoqut va olmos toshlarda mayda (diametri 1-10 mkm va chuqurligi 10-100 mkm) gacha teshiklar parmalash texnologiyasi va ingichka sim tortish uchun filtrlar tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan. Kichik quvvatli impuls lazerlar qo’llanadigan asosiy soha mikroelektronika va elektrovakuum sanoatida mitti detallarni kesish va payvandlash, mitti detallarga markalar tushirish bilan bog’liq. Popigrafiya sanoati ehtiyojlari uchun raqamlar, harflar, tasvirlar avtomatik tarzda kuydirib tayyorlanadi.

Kamera-obskura

Bunday kamera hatto uyg’onish davrining olimi va rassomi italiyalik Leonardo da Vinchiga ham ma’lum edi. Uning tuzilish prinsipi juda sodda: ob’ektdan qaytgan yorug’lik nurlari berk yashikdagi kichik tirqish orqali o’tadi va qarama-qarshi tomondagi devor—ekranga tushadi. Ekranda kichiklashtirilgan teskari tasvir hosil bo’ladi.

Jozefson effekti

O’ta o’tkazgichning ikki parchasi  dielektrikning yupqa pardasi bilan ajratilgan, deb faraz qilaylik. Elektronlar bir o’ta o’tkazgichdan ikkinchisiga o’ta oladimi? Ha, o’ta oladi, bunday o’tish tunnel effekti tarzida bo’ladi. Xuddi shunday Kuper elektron juftlari ham dielektrik qatlamidan tunnelli o’tib, o’ta o’tkazuvchan tok uzatadi (1-rasm). Ingli z nazariyotchi fizigi B.Jozefson 1962 yilda xuddi ana shu hodisani oldindan aytgan edi.

Inertsiya

Ming yillar mobaynida odamlar tungi osmonga tikilib, sayyora va yulduzlar harakatini kuzatishgan. Ular haqida qanchadan-qancha afsona va rivoyatlar to’qishgan, biroq ularning osmon gumbazidagi harakat qonunlari o’sha davr olimlari uchun sirligicha qolavergan. Nihoyat, 1632 yilda Florensiyada G.Galileyning «Olamning ikki asosiy sistemasi haqida dialog» (q.Ptolemeyning geosentrik sistemasi va N.Kopernikning geliosentrik sistemasi haqidagi) asari asosi-inersiya prinsipi v a klassik nisbiylik prinsipiga asos soldi.

Inersiya prinsipining hozirgi zamon ta’rifi har qanday jism o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini boshqa jismlar uni shu holatidan chiqarmaguncha saqlaydi, deb tasdiqlaydi.

yosh-fizik. uz