Dielektrik
Agar ingichka ipga zaryadlanmagan shisha yoki qahrabo tayoqchani osib, uni musbat zaryadlangan sfera bilan yonma-yon joylashtirilsa, tayoqchaning o’qi elektr maydoni kuch chiziqlari yo’nalishida turib qoladi. Tayoqchaning sharga yaqin uchida shardagi zaryadga qarama-qarshi manfiy zaryad, boshqa uchida esa musbat zaryad paydo bo’ladi. Tayoqchaning uchlari go’yo elektr qutblari bo’lib qoladi. Shuning uchun bu hodisa qutblanish deb nom olgan. Har qanday jismda zaryadlarning bir qismi elektr maydoni ta’sirida erkin harakatlanib, elektr toki hosil qiladi, bog’langan zaryadlar esa qutblanadi.